Uchrashuvda siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ijtimoiy sohalarda Italiya bilan hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari haqida fikr almashildi. Elchi mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yutuqlarini eʼtirof etib, Italiya tomon islohotlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Agostino Pinna Samarqand viloyati bilan Italiya oʻrtasida tashqi iqtisodiy aloqalar, mashinasozlik, axborot texnologiyalari, oziq-ovqat sanoati hamda taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida soʻz yuritib, ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda bor imkoniyatini ishga solishini taʼkidladi.

Maʼlumot oʻrnida: bugungi kunda Italiya kompaniyalari ishtirokida Bulungʻur, Jomboy va Past Dargʻom tumanlarida 3 ta qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda. 2020-yilda Samarqand viloyati bilan Italiya oʻrtasidagi tovar aylanmasi 7 million AQSH dollarini tashkil etgan.

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati.