Xususan, kuni kecha Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bosh shifokori Maqsud Saidov boshchiligidagi bir guruh yetakchi kardiojarrohlar Qoraqalpogʻiston Respublikasiga borib, Nukus tumanida yashovchi 200 nafardan ziyod fuqarolarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazdi.
Natijada murakkab kardiojarrohlik amaliyotlariga muhtoj bemorlar roʻyxati shakllantirildi.
Yuqori texnologik operatsiyalarni bajarish uchun Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti klinikasi tanlandi. Natijada bu yerda 3 nafar fuqaroda ochiq usulda yurak jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.