баннер
8 Apr 2025
19:17

    Samarqand shahriga kirish vaqtincha cheklanmoqda

    Samarqandda oʻtkaziladigan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammiti munosabati bilan shaharga kirish yoʻllari vaqtinchalik yopiladi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 3−4−5-aprel kunlari “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ sammiti munosabati bilan Samarqand shahriga kirish yoʻllari vaqtinchalik yopiladi.

    Shu kunlari viloyat hududidan tranzit oʻtuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etiladi. Haydovchilar uchun maxsus flayerlar ishlab chiqilgan boʻlib, uni QR-kod yordamida mobil ilova orqali ham koʻrish mumkin.

    YHXB haydovchilardan aylanma yoʻllardan harakatlanishini, mazkur kunlarda Samarqand shahriga tashrif rejalashtirganlardan imkon qadar boshqa kunlarga qoldirishlarini soʻradi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech