Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Z.T. “Xalqobod” MFY hududidagi xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 246,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul shaxslari umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 114,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Koson tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.B.” fermer xo‘jaligini boshqarib kelgan E.S. “Quyibog‘” MFY hududidagi yer maydonida suv nasosi va dala shiyponidagi elektr uskunalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, 109,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.