Samarqandni “millionli shahar”ga aylantirish, zamonaviy arxitektura yechimlariga ega turar-joy va noturar binolarni barpo etish, aholining uy-joyga boʻlgan talabini toʻliq qondirish, hududlarni infratuzilma bilan taʼminlash orqali munosib yashash sharoitlarini yaratish maqsadida Samarqand tumani alohida maʼmuriy-hududiy birlik sifatida tugatilmoqda.

OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi Diyor Husanovning taʼkidlashicha, chegaralar oʻzgartirilishi hisobidan Samarqand shahri hududi 11,8 ming gektardan 28,9 ming gektargacha kengayib, yangi investitsiya va qurilish loyihalari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Xususan, yangi turistik loyihalar, oʻyin maydonlari, akvaparklar, havo sharlari, istirohat bogʻlari kabi koʻngilochar turizm va dam olish maskanlari tashkil etilishi, shuningdek, yangi yashil hududlar, xizmat koʻrsatish obyektlari hamda logistika markazlari qurilishi rejalashtirilgan.

Munozaralar yakunida qonun loyihasi deputatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.