Tezkor tadbirda, fuqaro I.A. “Mirza-Pay” irrigatsiya tizimi boshqarmasiga qarashli 0,9 gektar yer maydonini ijaraga olib, ushbu yer maydonini fuqaro X.U.ga firibgarlik yoʻli bilan 60 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 30 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan DXXning Urgut shahar boʻlimi bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “U-A.» MTP rahbari A.X. “F.” oilaviy korxonasi rahbari Sh.ga MTP hududidan 3,6 sotix yer maydoni ajratib berish evaziga firibgarlik yoʻli bilan 40 mln soʻm talab qilib, shundan 30,4 mln soʻmni MTP kombaynchisi X. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Fargʻona viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.Yu. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, «Fargʻona suvtaʼminot» MCHJ Uchkoʻprik tuman boʻlimi balansida boʻlgan 2 sotix yer maydonini 5 000 AQSH dollari evaziga fuqaro J.S.ning nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.