Samarqand viloyatida 7 ming gektardan ortiq maydon auksionga qo'yilmoqda

    Bugungi kunda maydoni 645,63 gektar boʻlgan 2 625 ta lotlar e-auksion.uz savdo maydonchasiga joylashtirildi.

    Prezidentimizning 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq hoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Samarqand viloyatidagi boʻsh turgan yer maydonlari e-ijara.uz tizimi orqali auksionga joylashtirildi.

    Bu haqda viloyat qishloq xoʻjalik boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

    Davlat kadastrlari palatasi tomonidan maydoni 6 113,07 gektar boʻlgan 525 ta; “Oʻzdaverloyiha" instituti tomonidan maydoni 1 223,72 gektar boʻlgan 3 211 lotlar tayyorlandi.

    Bugungi kunda maydoni 645,63 gektar boʻlgan 2 625 ta lotlar e-auksion.uz savdo maydonchasiga joylashtirildi.

    Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda oʻz tomorqasida meva-sabzavotchilik, poliz mahsulotlarini yetishtirish va uzumchilikda yaxshi natijalarga erishgan, ushbu sohalardan birida tayanch mutaxassislikka ega boʻlgan fuqarolarga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarga alohida ustuvorlik beriladi, deb yozadi zarnews.uz.