Samarqand viloyatida oq boshli qumoy tabiatga qoʻyib yuborildi

    Samarqand viloyatidagi Omonqoʻton milliy tabiat bogʻida oq boshli qumoy tabiatga qoʻyib yuborildi.

    Bu haqda Ekologiya, airof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

    Oq boshli qumoy — yirtqich qushlar turkumiga mansub boʻlib, Oʻzbekiston Qizil kitobiga va IUCN Qizil roʻyxatiga zaif, mahalliy keng tarqalgan kichik tur sifatida kiritilgan. Hisor tizmalarida u har doim kichik hajmda (16 ta qushlar galasi) qayd etilgan.

    Zarafshon milliy tabiat bogʻi reabilitatsiya markazida maxsus tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng oq boshli qumoy tabiatga qoʻyib yuborildi.

    Eslatib oʻtamiz; avvalroq ushbu qushni Urgut tumani Joʻzmon mahallasida yashovchi fuqaro Sh.T. topib, Urgut tumani ekologiya inspeksiyasi inspektorlariga topshirgan.