Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va viloyat hokimligi koʻmagida mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirishga 2021-yilning 2-mart kunlari madaniy-koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Tadbir doirasida 2-mart kuni Samarqand viloyat musiqa va drama teatri old maydonida sahnalashtirilgan teatr namoyishlari, konsert dasturlari tashkil etiladi.

Shuningdek, viloyatning barcha madaniy-meros ob'yektlari, muzeylarga kirish bepul amalga oshiriladi.

Tadbirda viloyatdagi sayyohlik tashkilotlari bilan hamkorlikda tashrif buyuruvchilar oʻrtasida viktorina va tanlovlar tashkil etiladi.

Gʻoliblarga esdalik sovgʻalari va Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish huquqini beruvchi 2 kishilik yoʻllanmalar taqdim etiladi.