— Bu 2019-yildan buyon amalga oshirila boshlangan ulkan loyiha boʻlib, uning yuqori nuqtasi 2021-yilga toʻgʻri keldi. Eng qiyini, aeroport faoliyatini toʻxtatmay turib, aerodrom va aerovokzal qurish edi. Aerodrom majmuasi ochilishidan taxminan bir oy oldin parvozlar toʻxtatildi. Har birimizning oʻz investitsiya dasturimiz - davlat hamkorligida aerodrom, xususiy sherikchilikda boʻlganlarda esa terminal qurish vazifasi bor edi. Umuman olganda, loyiha qiymati,taxminan, 150 million dollarga toʻgʻri keldi. Biz uni tom maʼnoda 18-mart kuni ochdik. Hozir biz bojxona va chegara nazorati, yoʻlovchilar va yuklarni roʻyxatga olish uchun yangi yechimlar orqali oʻtkazish imkoniyatini oshirishga qodir boʻlgan, xizmat koʻrsatish texnologiyasi joriy etilgan aerovokzal majmuasini foydalanishga topshirishni yakunlamoqdamiz. 1-apreldan yangi terminal toʻliqligicha ishlab, xalqaro qatnovlarga xizmat koʻrsatadi», — deya xulosa qildi Raʼno Joʻrayeva.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 18-mart kuni aeroport majmuasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgan edi. Yangi terminal qurish loyihasi “Air Marakanda” MCHJ XK va “Uzbekistan Airports” AJ davlat hamkori oʻrtasida Oʻzbekiston aviatsiya tarixida birinchi davlat-xususiy sheriklik shartnomasi doirasida amalga oshirildi.