Samarqand shahridagi 80-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari — Shohrux Boborahimov, Murod Saidalimov, Ozod Oʻtkirov va Jasur Eshnazarov shu yilning 1-iyun kuni 4-qavatdan tushib ketgan 4 yoshli Shukronani hayotini saqlab qolgani haqida xabar bergan edik.

Yigitlar bu ishlari bilan bugunning chinakam qahramonlariga aylandi.

Viloyat Maktagacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi v.v.b. Shokir Sultonov bitiruvchilarni qizaloq — Sobirjonova Shukurona Ilxom qizining hayotini saqlab qolib, jasorat koʻrsatgani va insoniylik burchini aʼlo darajada bajargani uchun minnatdorlik bildirdi. 

Respublikamizning millionlab yoshlariga oʻrnak koʻrsatgan kun qahramonlari tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.