Samarqandda bankomatni oʻmargan shaxslar ushlandi

    Xavfsizlik 4 Fevral 2023 1591

    Ular bankomat apparati boʻlaklarga boʻlib, ichidan 720 mln soʻm miqdordagi pullarni oʻgʻirlab ketishgan.

    2023-yil 25-yanvar kuni E.T. “102” qisqa raqamga qoʻngʻiroq qilib, Kattaqoʻrgʻon tumani “A.Navoiy” MFY “A.Navoiy” koʻchasida oʻrnatilgan bankomat shoxobchasidan nomaʼlum shaxslar tomonidan bir dona bankomat qurilmasi ichida boʻlgan 720 mln soʻm miqdordagi pullari bilan oʻgʻirlab ketilganligini bildirgan.

    Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida Kattaqoʻrgʻon tuman “Tavaron” mahallasi hududidagi tashlandiq joydan oʻgʻirlangan bankomat apparati boʻlaklarga boʻlingan holda topilgan.

    Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni qidirib topish boʻyicha olib borilgan surishtiruvlar davomida mazkur jinoyatni 1995-y.t. B.A., 1998-y.t. O.Z., 1994-y.t. B.N. va 1994-y.t. X.O.lar sodir etganligi aniqlangan.

    Hozirda ushbu shaxslar qoʻlga olinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.