Samarqand viloyati. Joriy yil 30-mart kuni Samarqand shahrida yashovchi 44 yoshli fuqaro R.D., Samarqand shahar IIO FMB “102” qisqa raqamiga murojaat qildi.

U oʻz arizasida 2025-yil 29-mart kunidan 30-mart kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxslar yashash xonadoniga kirib, pichoq bilan qoʻrqitib, uyidan 1.900 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olib ketganini maʼlum qildi.

Ushbu holat boʻyicha Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov-tezkor harakatlari natijasida, 2 nafar 23 yoshli shaxslar jinoyatga aloqador ekani aniqlandi.

Bundan tashqari mazkur jinoyatda, yana 24 yoshli fuqaro X.S. va 17 yoshli voyaga yetmagan A.F. ham boʻlgani aniqlanib, barcha gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlandi.

Dastlabki tergov davom etmoqda.