Bir yigitni oʻndan ortiq kishi majburan mashinaga solib ketgani yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi

    Toshkent shahrida oʻndan ortiq yigit bir bolani majburan mashinaga solib ketgani haqida video xabarlar tarqaldi.

    Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, joriy yilning 24-iyun kuni taxminan soat 23.50 larda Chilonzor tumani Xalqlar doʻstligi metrosi oldida fuqarolar 2002-y.t. A.U. va uning tanishlari 2002-y.t. X.O., 2002-y.t. M.A., 2004-y.t. S.T. va boshqalar oʻzaro kelishmovchilik sababli ogʻzaki tortishib qolishgan. Soʻng A.U.ni oʻzlariga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinasiga oʻtkazayotgan vaqtida, IIO PPX xodimlari kelayotganini koʻrib ushbu fuqarolar qochib ketishgan.

    “Hech kim tan jarohati olmaganligi va pichoq bilan tahdid qilinmaganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Huquqbuzarlardan uch nafari ushlangan, qolganlarni ushlash choralari koʻrilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.