Qayd etilishicha, Samarqand viloyatida oʻtkazilgan reyd tadbirlarida Pastdargʻom tumanidagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi Ch.F.B MCHJ da hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻiga ulanib 553 mln soʻm yoki 204 ming kVt.s elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlangan va qayta hisob-kitob qilingan.
Bundan tashqari 3-7-fevral kunlari Samarqand viloyatida oʻtkazilgan tadbirlar davomida 20 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, 1 mlrd 866 mln soʻmdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy ulanish talon-taroj qilish holatlarini oldi olindi.