Turli xastaliklar, jumladan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashga mo'ljallangan shifo maskani bugungi kun talablari asosida bunyod etilishi, davolash va reanimatsiya bo'limlari tashkil etilishi ko'zda tutilgan. SHuningdek, bu erda tibbiyot xodimlari uchun turar joylar quriladi.
SHuningdek, mazkur hududga tutash harbiy shaharchadagi 9 gektar maydonda 1000 o'rinli karantin kompleksi qurilishi boshlandi.
Ayni paytda bu erga “O'zavtosanoat” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan konteynerlar keltirilmoqda. Sog'liqni saqlash vazirligi esa majua uchun zarur tibbiy uskunalar, diagnostika va davolash jihozlari etkazib bermoqda.
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabariga ko'ra, viloyat hokimi e.Turdimov respublika qurilish vazirligi mas'ullari bilan birga mazkur ob'ekt loyihasi va qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Qurilishni sifatli, belgilangan me'yorlarga to'la amal qilgan holda amalga oshirish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berildi.
Mazkur tibbiy muassasalar kelgusida O'zbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufiga o'tkazilishi belgilangan.