Xalq banki Samarqand shahar filialidan kredit olmoqchi boʻlib yurgan fuqarodan “Shukrona” MFYda hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs uning ishonchiga kirib, bankdagi mansabdor tanishlari orqali 150 million soʻm miqdorida kredit chiqarib berish evaziga 1500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilgan.
7-iyun kuni Samarqand shahar Sayfi Saroy koʻchasida joylashgan “Shukrona” MFY binosi yonida hokim yordamchisi fuqarodan 1500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.