Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi.
Itni suvga uloqtirgan shaxslar aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasida (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganliklari uchun chora ko‘rildi.