Samarqandda kondan 13,1 ming kub marmar noqonuniy qazib olindi

    Oqibatda tabiiy obyektlarga 5,1 mlrd soʻm zarar yetkazgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.” AJ masʼul shaxslari “Zarband (1978)” marmar konining kon ajratmasi boʻyicha belgilangan chegaradan tashqarida oʻzboshimchalik bilan jami 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olib, tabiiy obyektlarga 5,1 mlrd soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.