Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Fargʻona-Samarqand” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib kelayotgan avtotransport vositasi “Manas” YPX maskanida toʻxtatilib, avtotransport vositasining yukxonasi koʻzdan kechirilganida, hech qanday tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 5 turdagi jami 153 ming donadan ziyod pirotexnika vositalari va salyutlar borligi aniqlandi.
Hozirda vaqtincha saqlovga olingan pirotexnika vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob kitoblarga koʻra 150 mln. soʻmdan ortiqni tashkil qilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.