1 mlrd soʻmlik pirotexnika mahsulotlari musodara qilindi

    Xonadon koʻzdan kechirilib, 50 qutidan iborat yana 2800 dona mushak pirotexnika vositasi topildi.

    Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari viloyat DXX va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda Qoʻqon shahrida noqonuniy pirotexnika vositalarining aylanmasiga chek qoʻydi.

    Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan “Damas” rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, unda 16 qutida 900 donaga yaqin “7 SHOTS” turdagi mushaklar borligi aniqlandi.

    Haydovchining koʻrsatmasi asosida u yaqinlashgan xonadon ham koʻzdan kechirilib, 50 qutidan iborat yana 2800 dona mushak pirotexnika vositasi topildi.
    Jami 66 qutidan iborat, 3700 donaga yaqin pirotexnika mahsulotlarining dastlabki qiymati 1 mlrd 35 mln soʻmni tashkil qildi. Barcha buyumlar protsessual tartibda rasmiylashtirilib, vaqtincha saqlovga olindi.

    Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.