Unga muvofiq, 2022-yilda Samarqand shahrida oʻtkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Respublika tashkiliy komissiyasi tarkibi hamda Sammit tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha bosqichli ish rejasi tasdiqlandi.
“www.sco-summit2022.uz” veb-sayti faoliyati yoʻlga qoʻyilib, oʻtkazilgan tadbirlar boʻyicha Oʻzbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligiga oid tegishli maʼlumotlar bilan toʻldirib boriladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.