Qayd etilishicha, oʻtkazilgan reyd davomida viloyatning Pastdargʻom tumani hududida bir guruh fuqarolar tomonidan tungi soat 03:00 da noqonuniy ravishda qum-shagʻal qazib olinayotganligi aniqlandi.
Natijada tabiatga 10 milliard 369 million 513 ming 728 soʻm zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, 1 dona “DOOSAN 210” rusumli ekskavator va 1 ta yuk tashuvchi transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan toʻplangan hujjatlar tegishli chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.