Joriy yilning 21-22 dekabr` kunlari Samarqand shahrida Xorijiy tillar va amaliy tilshunoslikni o'qitish (FLTAL) masalalariga bag'ishlangan X Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo'lib o'tadi, deb yozmoqda O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi axborot xizmati.
Tadbir “Ipak yo'li” xalqaro turizm universiteti tomonidan Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti hamda “Research Support Center” bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Xalqaro tadbir “Ko'p tilli shaxsning ijodiy salohiyati: chet tilini o'rganish jarayoniga ko'p tillilik omilining tasiri masalasi” mavzusiga bag'ishlanadi. Ma'ruzalarning o'zbek, rus yoki ingliz tillaridagi tezisining elektron shakli 2020 yilning 20 dekabriga qadar http://e-science.uz/silk_road_ru rasmiy sayti orqali qabul qilinadi. Konferentsiya to'plamida chop etilgan tezislar “Google scholar” xalqaro bazasida indekslanadi va DOI raqamiga ega bo'ladi.