5-oktyabrda Respublika ilmiy tez tibbiy yordam markazi Samarqand filialiga 15 nafar bemor zaharlanish alomatlari bilan shikoyat qilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, oʻsha kuni 33 yashar fuqaro oʻz uyida tovuq goʻshtidan kabob tayyorlagan. Oilaning goʻsht yegan 10 aʼzosi oʻzlarini noxush his qilgan va tez yordam chaqirganlar.

Hozirgi vaqtda uy egasining rafiqasi, bolalari, onasi, kelini, jiyanlari va uyda ishlayotgan 15 nafar ustalar shifoxonada shifokorlar koʻrigi ostida davolanyapti. Tegishli idoralar vaziyatni oʻrganyapti, deb xabar beradi STV:Novosti