Samarqandda xorijlik sayyohni shaʼn va qadr-qimmatini kamsitgan mehmonxona xodimi jazolandi

    Sudning joriy yil 22-apreldagi qarori bilan huquqbuzarlik sodir etgan A.U.ga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Bosh prokuratura Axborot xizmatining xabariga koʻra, tarixiy obidalarimiz bilan tanishish uchun kelgan xorijlik sayyoh, IT sohasi boʻyicha mutaxassis V.K. Samarqand shahrida joylashgan mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U. uni haqorat qilib, shaʼn va qadr-qimmatini kamsitganini bildirib, qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

    Oʻtkazilgan oʻrganish natijasi boʻyicha, mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U.ning harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari borligi aniqlanib, toʻplangan hujjatlar sudga taqdim qilindi.

    Sudning joriy yil 22-apreldagi qarori bilan huquqbuzarlik sodir etgan A.U.ga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Bu haqida Bosh prokuraturaning rasmiy telegram kanali orqali xabar berildi.