Shu maqsadda ular shahrimizga tashrif buyurdi va dastavval Samarqand shahar Davlat xizmatlari markaziga murojaat qildi. Markaz orqali aka-ukalarning “AYOUBI" masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi tashkil etildi.

Taʼkidlash kerakki, 800 million soʻm ustav fondi bilan tashkil etilgan xorijiy korxona Samarqand viloyatidan oziq-ovqat mahsulotlarini Afgʻonistonga eksport qilish bilan shugʻullanadi.

Shuningdek, mehmonlar markazda fuqarolar, shu jumladan, tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan ham tanishib, bu yerdagi imkoniyatlar koʻlamini eʼtirof etishdi.

— Mamlakatingizda xorijiy investorlarga yaratilgan imkoniyatlarni yuksak baholayman, — deydi Ayuuobi Abdul Haj. — Ayniqsa, Samarqandda bu boradagi ishlar oʻz koʻlami bilan alohida ahamiyatga ega ekan. Bunga korxonamiz faoliyatini yoʻlga qoʻyish jarayonlarida oʻzimiz yana-da amin boʻldik. Qolaversa, yurtingizda fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida erishilgan yutuqlar bizda katta taassurot qoldirdi.

Tahlillarga koʻra, joriy yilning oʻtgan 3 oyi davomida viloyatdagi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali jami 17 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtgan. Ularning 8 tasi qoʻshma korxona boʻlsa, 9 tasi xorijiy korxonalardir.

DXA Samarqand viloyat boshqarmasi

Axborot xizmati