Mazkur nashr tarqatgan xabarga koʻra, 16 yoshli yigitni samolyot Limburg provinsiyasining Bek shahri aeroportiga qoʻnganidan keyin uning shassisida koʻrib qolgan. Mahalliy hokimiyatning taxminlariga koʻra, boshqa mamlakatga parvoz qilish uchun “sayohatchi” oʻspirin shassining pastki qismiga oʻrnashib olganda, shu ahvolda 400 kilometr chamasi masofani uchib oʻtgan, deb xabar beradi Lenta.ru.

Aviagavan vakillari yigitchani topib olganlarida u muzlab qolganidan ogʻir ahvolda edi. Aeroport xodimlarining birining soʻzlab berishicha, yigitcha moʻjiza tufayli tiriq qolgan ekan. Bunday holda koʻpchilik shassiga oʻrnashib olgan chiptasiz yoʻlovchilar yo muzlab qolar ekan, yo pastga tushib ketar ekan.

Gollandiya huquqni muhofaza etish organining xabar berishicha, voqea oʻrganib chiqiladi, chunki samolyotda shunday ahvolda uchadigan boshqa kishilar ham boʻlishi mumkin ekan.