Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, barcha oʻlim holatlari manzilga yetib borgunga qadar, yaʼni samolyot bortida yuz bergan. 2024-yilda esa 14 ta oʻlim holati qayd etilgan boʻlib, ulardan 11 tasi parvoz vaqtida, 3 tasi esa Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida sodir boʻlgan.
«Noxush holatlarning aksariyati parvoz vaqtida roʻy beradi, shu bois yoʻlovchilar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarni oldindan bilishlari va havo qatnoviga qarshi tibbiy koʻrsatmalarni inobatga olishlari zarur», — dedi “Uzbekistan Airports” tibbiy xizmatni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Sevara Salixova.
Maʼlum qilinishicha, 2024-yilda Oʻzbekiston aeroportlarida sogʻligʻi tufayli 46 nafar yoʻlovchi parvozga qoʻyilmagan boʻlsa, 2025-yilning olti oyi ichida bu koʻrsatkich 61 nafarga yetgan.
Uchishga qarshi asosiy tibbiy koʻrsatmalar:
- Yaqinda oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotlari;
- Yurak xuruji, beqaror stenokardiya kabi oʻtkir yurak-qon tomir kasalliklari;
- Insult va boshqa nevrologik holatlar;
- Pnevmoniya, ogʻir bronxial astma, pnevmotoraks;
- Tromboyemboliya, qon ketishi, ogʻir anemiya;
- Quloq, burun yoki koʻzdagi barotravmalar;
- Homiladorlikning soʻnggi bosqichlari, ayniqsa asoratli holatlar.
Shuningdek, ayrim aviakompaniyalar shifokor maʼlumotnomasini talab qilishi mumkin — xususan, beqaror tashxis, kislorodga muhtojlik yoki tibbiy kuzatuv zarur boʻlganda.
Parvoz oldidan yoʻlovchilarga tavsiyalar:
- Aviakompaniyaning rasmiy qoidalari bilan tanishing;
- Kasallik boʻyicha shifokor maslahatini oling;
- Zarur holda oldindan tibbiy maʼlumotnoma tayyorlang.








