Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻtkazilgan nazorat tekshiruvlarda Yangiqoʻrgʻon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimida oʻtkazilgan tekshiruv davrida 86 dona oʻlchash va sinash vositalaridan 78 donasini metrologik tekshiruvdan oʻtkazish muddatlari oʻtganligi aniqlandi.
Bu bilan, Oʻzbekiston Respublikasi “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-20-moddasi talabi buzilgan.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻiga nisbatan maʼmuriy chora koʻrildi, 78 dona oʻlchash va sinash vositalaridan foydalanishni taqiqlash boʻyicha koʻrsatma berildi.