Shuningdek, yuqori tibbiy amaliyot talab etiladigan murojaatchilarga shu yerning oʻzida order rasmiylashtirilmoqda.

Kuni kecha Sogʻliqni saqlash vaziri Bexzod Musayevning Sariosiyo tumanining olis Sangardak qishlogʻida boʻlib oʻtgan sayyor qabulida ham ayni shu jihatlarga eʼtibor qaratildi. Vazirga Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov hamrohlik qildi.

“Sangardak” oilaviy shifokorlik punktida tashkil etilgan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikda togʻli qishloq aholisining 300 nafardan ortigʻi qamrab olindi.