Sanjar Fayziyev Chexiya turniri saralashini muvaffaqiyatli boshladi

    Shu kunlarda Chexiyaning Praga shahrida tennis boʻyicha “Chellenjer” tasnifiga kiruvchi turnir boʻlib oʻtmoqda.

    Ushbu musobaqada oʻz imkoniyatini sinovdan oʻtkazayotgan Sanjar Fayziyev ishtirokini saralash bahslaridan boshladi. Tennischimiz saralashning ilk uchrashuvida turkiyalik Egri Kirkinga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 24 daqiqa davom etgan bahsda Fayziyev raqibini 6/4, 6/3 hisobida magʻlub etdi.

    Sportchimizning asosiy toʻrga yoʻllanma beradigan bosqichdagi raqibi amerikalik Emilio Nava boʻladi. Ayni paytda Fayziyev ATR reytingida 625, Nava esa 365-oʻrinni egallab turibdi.