Muzey daftaridagi qaydlarga koʻra, ushbu chopon “Buxoro amirining pushtirang duxobadan tikilgan, rang-barang tasmalar bilan hoshiyalangan, ikkita tilla gajak bogʻichli zarbof choponi” deb koʻrsatilgan.

Markaziy ateistik muzeyga 1936-yil 26-dekabrdagi dalolatnoma bilan Oʻzbekiston SSR Xalq xoʻjaligi muzeyidan “kelishuv boʻyicha ayirboshlash tartibida” sotib olingan.

Chopon muzeyning oʻzbek toʻplamida oʻzining Buxorocha tikilish uslubi, yaʼni old va orqa qismini toʻliq qoplagan, yuqori sifatli qimmatbaho zardoʻzlik choklari bilan ajralib turadi.

Ammo uning maʼlum bir shaxsga tegishli ekanligi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. Shu sababdan chopon amir Sayid Abdulahadxonga yoki uning oʻgʻli Sayid Mir Olimxonga tegishli boʻlgan deya taxmin qilish mumkin.