“Qanot Sharq” mahalliy aviakompaniyasining Sankt-Peterburg — Samarqand yoʻnalishida parvoz qilayotgan HH786 reysi yoʻlovchilardan birining sogʻligʻi yomonlashgani sababli Aqtoʻbe (Qozogʻiston) xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qoʻnishga majbur boʻldi.
Ekipaj bort oldiga tez yordam mashinasini soʻragan. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 14:48 da Aqtoʻbega qoʻngan. Havo kemasi Samolyot yaqin vaqt ichida Samarqand aeroportiga uchib ketishi rejalashtirilmoqda.