Saratonga mo'ljallangan dori vositasi yurak xastaliklariga qarshi samarali ekanligi aniqlandi

    Kembrij universiteti olimlari saratonga qarshi dori keng ko'lamli yallig'lanish kasalliklari, jumladan, podagra, yurak yetishmovchiligi va boshqa kasalliklarga qarshi samarali ekanligini aniqlashdi.

    Ba'zi yallig'lanish kasalliklarida tug'ma immunitet reaksiyatsining haddan tashqari faollashuvi yuzaga keladi. Xususan, NLRP3 oqsilining giperfaolligi. Mutaxassislar NLRP3 ni tartibga soluvchi PLK1 molekulasini topishga muvaffaq bo'lishdi.

    PLK1 organizmdagi bir qator jarayonlarda ishtirok etadi, jumladan hujayra tarkibiy qismlarini tashkil etishga yordam beradi, bu moddalarni hujayraning bir qismidan ikkinchisiga o'tkazadi. Shu bilan birga, PLK1 hujayra bo'linishi – mitozda ham ishtirok etadi, agar buzilsa, jarayonning tezlashishiga va o'smalarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

    Yallig'lanish kasalliklari rivojlangan sichqonlar ustida o'tkazilgan tajribada PLK1 ingibitor preparati yallig'lanish reaksiyasini oldini oldi. Bundan tashqari, saraton kasalligini davolash uchun zarur bo'lganidan ancha past dozada ijobiy ta'sir kuzatildi.

    Kelajakda tadqiqotchilar dori vositasini yallig'lanish kasalliklariga qarshi klinik sinovlarda sinab ko'rishni rejalashtirmoqda. PLK1 ingibitorlarining saraton kasalligini davolashdagi xavfsizlik sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi, deb xabar beradi lenta.ru.