Odam qon saratoni hujayralari kiritilgan sichqonlar ustida o'tkazilgan testlarda tadqiqotchilar CMTM6 membrana oqsili CD58 ekspressiyasini oshirib, o'simtaga qarshi immunitetni yaxshilaganini payqashdi. CD58 molekula bo'lib, u immun hujayradagi retseptor bilan bog'langanda immun T- hujayralarining faollashuvini kuchaytiradi.

Odam hujayralarida o'tkazilgan qo'shimcha testlar shuni ko'rsatdiki, CMTM6 yoki CD58 ning yuqori ekspressiyasi immunoterapiyaga immun javobini sezilarli darajada oshirdi. Kelajakda olimlar jamoasi laboratoriya tajribalarida ko'rib chiqilayotgan oqsillarning ekspressiyasini tartibga solish imkoniyatini o'rganishni rejalashtirmoqda. Bu esa saraton immunoterapiyasining samaradorligini oshiradi, deb xabar beradi lenta.ru.