“Tibbiyotda xorijiy aksent sindromi(SIA)ni yuzaga keltiradigan ikkita holat mavjud. Bu prostata saratoni bilan bog'liq ilk holatdir”, dedi olimlar.

Qayd etilishicha, SIA bu “xorijiy” aksentning yuzaga kelishi bilan bog'liq nutqdagi nuqsondir.

Sindromni insult yoki miyadagi jarohatlar bilan bog'liq deb hisoblashadi.

Bunday holat ilk bor 1941-yilda norvegiyalik ayol kuzatilgan edi. U Osloga hujum paytida boshidan jarohatlangan edi. Bir necha hafta o'tgach, nemischa aksent bilan gapira boshlagandi.

Biroq o'simtalar bilan bunday holatlar kamdan-kam uchraydi.

“2008-yilda e'lon qilingan tadqiqotga ko'ra, 60 yoshli ayolda sut bezi saratoni uning miyasiga tarqalib ketgach, u boshqa, noma'lum aksentda gapira boshlagan. Yana bir holatda boshida o'simtasi bor 50 yoshli italiyalik ayol boshqa ritm va ohangda gapira boshlagan”, deb ta'kidladi mutaxassislar.

Amerikalik erkakka esa metastatik gormonga sezgir prostata saratoni tashxisi qo'yilganidan 20 oy o'tib, unda boshqa aksentda gapirish holati kuzatildi. Biroq, unining bosh miyasida o'simta yo'q edi, deyiladi korrespondent.net saytida.