Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasi tomonidan sarimsoqning yangi “Termiz 2020” navi yaratildi va roʻyxatdan oʻtkazildi.

Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, nav K-81 seleksion klonidan yakka tanlash usuli bilan yaratilgan. Bu nav boshqa sarimsoq navlaridan uzoq vaqt saqlanuvchanligi bilan ajralib turadi.

Sarimsoqning shifobaxsh xususiyatlari juda qadimdan maʼlum. Abu Ali Ibn Sino oʻzining “Tib qonunlari” asarida sarimsoqning xususiyatlari haqida yozib qoldirgan.

Seleksiya yutugʻiga berilgan patentning amal qilish muddati 30-yilga teng. Tok, yogʻochbop, manzarali, mevali daraxtlar va oʻrmon daraxtlarining navlari, shu jumladan ularning payvandtaglari uchun bu muddatni 35-yilgacha uzaytirish mumkin.