Bu haqda «VAQF» xayriya jamoat fondining matbuot xizmati xabar qildi.
Qurbon hayiti arafasida yoʻllangan hadyani Saudiya Arabistonining Oʻzbekistondagi elchisi Yusuf al-Utaybiy Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʻrinbosari Zayniddin domla Eshonqulovga topshirdi.
Marosimda Diniy idora raisining iqtisod ishlari boʻyicha maslahatchisi Alisher Eshimov, «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbari Isoxon Abdullayev, podshoh Salmon nomidagi insonparvarlik yordami markazi vakillari Adnan Xatim Asiriy va Alaqil Abdulhakim Saʼad ham qatnashdi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi xabariga koʻra, hadya qilingan xurmo jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallari tomonidan ijtimoiy koʻmakka muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan, yetim, nogironligi bor kishilar hamda «Muruvvat» uylari va shifoxonalardagi haqdor fuqarolarga tarqatiladi.
Maʼlumot uchun, ushbu markaz Qurbon hayiti arafasida dunyo boʻylab xurmo tarqatishi anʼanaga aylangan.