2023-yilning oʻtgan 6 oyi davomida fond tomonidan xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aksiyalar orqali kelib tushgan mablagʻlar hamda homiylar va hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan moddiy koʻrinishdagi ehsonlar bilan qoʻshib hisoblaganda jami 16 659 713 130 soʻmdan ziyod mablagʻ xayriya sifatida sarflandi.

Shu jumladan:

1.Diniy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish maqsadida “Qurʼon va tajvidni oʻrgatish” oʻquv kurslari dars xonalariga 11 dona smart doska uchun  – 187 000 000 soʻm;

2. Diniy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda texnik xodimlarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun –  2 393 163 130 soʻm;

3. Diniy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 141 nafar talabalarini moddiy qoʻllab-quvvatlash va toʻlov-shartnomalari uchun - 745 635 000 soʻm;         

4. Masjidlar va ziyoratgohlarning xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 130 000 000 soʻm;

 5. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan 2119 nafar imom-xatiblarning har biriga bir martalik 5 000 000 soʻmdan jami 10 595 000 000 soʻm, 192 nafar otinoylarning har biriga 3 000 000 soʻmdan jami 576 000 000 soʻm;

 6. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 1 195 915 000 soʻm, shundan imkoniyati cheklangan, nogironligi bor boʻlgan shaxslarni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 407 900 000 soʻm;

 7. Turli xayriya tadbirlari uchun – 216 000 000 soʻm;

 8. Viloyat vakilliklarining maʼmuriy harajatlari uchun berilgan moddiy yordam  – 70 000 000 soʻm miqdoridagi mablagʻlar sarflandi.

 Bundan tashqari, “Qurbon hayiti – 2023” tadbiri doirasida 471 000 000 soʻm qiymatidagi goʻsht va Saudiya Arabistoni tomonidan taqdim etilgan 25 tonna hurmolar bayram sovgʻasi sifatida haqdorlarga yetkazildi.

Shuningdek oʻtgan 6 oy davomida mamlakatmizning ichimlik suvi tanqis boʻlgan turli hududlaridagi aholini toza ichimlik bilan taʼminlash maqsadida “Vaqf suvlari” loyihasi doirasida  Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanidagi quduq uchun 80 000 000 soʻm fond hisobidan sarflangan boʻlsa, homiylarni jalb qilgan holda 3 ta artezian qudugʻi qazib ishga tushirildi. Yana 3 ta hududda qazish ishlari amalga oshirilmoqda.