Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan bojxona ishlarida hamkorlik qilinadi

    Xalqaro hamkorlik 24 Yanvar 2023 935

    “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–16-son, 23.01.2023-y.) qabul qilindi

    Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati oʻrtasida bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

    Mazkur bitim 2022-yil 17-avgust kuni Jidda shahrida imzolangan.

    Bojxona qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.