Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik hojilar ham ovoz berdi

    Saylov 9 Iyul 2023 1481

    Ayni kunlarda haj safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari erta tongdan Makka shahridagi «Roshidiya» mehmonxonasi foyesida tashkil etilgan saylov uchastkasida ovoz berdi.

    Ayni kunlarda Saudiya Arabistonida haj safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari erta tongdan mehmonxona foyesida tashkil etilgan saylov uchastkasiga kela boshladi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashib, ovoz bera boshladilar.

    Saylovchilar o‘zlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda mamlakatimiz va chet davlatlarda tashkil etilgan barcha shart-sharoitga ega saylov uchastkalarida ovoz beryaptilar.

    Toshkent shahridagi 14-saylov okrugiga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi Jidda shahrida joylashgan Bosh konsulxonasidagi 39-uchastka saylov komissiyasi tomonidan ziyoratchilar uchun Makka shahridagi «Roshidiya» mehmonxonasida ovoz berish punkti tashkil etilgan.

    Saylov qonunchiligiga ko‘ra, ziyoratchilar uchun saylov byulletenlari keltirilib, yashirin ovoz berish uchun kabinalar hozirlangan. Prezidentlikka nomzodlarning tarjimai hollari saylovchilar uchun ko‘rinadigan joyga ilib chiqilgan.