Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining xabar berishicha, shu yilning 12-iyun kunidan eʼtiboran Saudiya Arabistonidagi hojilarimiz bir necha kun davomida navbati bilan ona Vatanimizga qaytib keladi.
Hamyurtlarimiz Jidda shahridan mamlakatimizning 10 ta hududi – Toshkent, Buxoro, Namangan, Fargʻona, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlariga toʻgʻridan-toʻgʻri parvoz qiladi.
Tashish ishlariga “Uzbekistan Airways“ aksiyadorlik jamiyatining zamonaviy samolyotlari, malakali uchuvchi va bort kuzatuvchilari jalb etilgan.








