“Saygachiy” majmuasi qo'riqxonasiga yangi fotoqopqonlar topshirildi

    44 million so'mlik yangi jihozlar, jumladan, fotoqopqonlar, xotira kartalari va xizmat avtomashinalari uchun aksessuarlar sovg'a qilindi.

    10-iyul kuni ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi binosida Sayg'oqni asrash va “Saygachiy” kompleks (landshaft) qo'riqxonasi vakillarining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

    44 million so'mlik yangi jihozlar, jumladan, fotoqopqonlar, xotira kartalari va xizmat avtomashinalari uchun aksessuarlar sovg'a qilindi.

    Xayriya tadbiri Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti huzuridagi Sayg'oqni muhofaza qilish alyansi tomonidan "Brakonerlikka qarshi kurash" dasturi doirasida o'tkazildi.

    Ushbu aktsiya sayg'oq va hayvonot dunyosining boshqa vakillarini kuzatish samaradorligini oshirish, shuningdek, biologik xilma-xillikni saqlash bo'yicha mahalliy aholi bilan ekologik ma'rifiy ishlar olib borishga qaratilgan.

    Ma'lumot uchun, sayg'oqni muhofaza qilish alyansi yo'qolib ketish xavfi ostida turgan sayg'oqni yashash joylarida saqlash va ko'paytirishga yordam beradigan xalqaro xayriya tashkilotidir.

    Alyans Qozog'iston, Xitoy, Mo'g'uliston, Rossiya va O'zbekistonda sayg'oqni Markaziy Osiyo va Kaspiy cho'llarining asosiy turi sifatidagi o'rnini tiklash bo'yicha xalqaro miqyosda ish olib boradi.