Saylov jarayonida Oʻzbekiston qonunchiligi va xalqaro saylov standartlariga toʻla amal qilindi — Rejep Sheker

    Saylov 25 Oktabr 2021 3874

    Rejep Sheker – Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi delegatsiyasi aʼzosi:

    — Oʻzbekistonda Prezident saylovlari milliy qonunchilik va umuminsoniy tamoyillarga mos tarzda oʻtdi. Saylovni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi, joylardagi mahalliy saylov uchastkalari, shu bilan bir qatorda, xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan 54 ta saylov uchastkasi boshqarib bordi. COVID-19 pandemiyasi sharoitida saylovni tashkil etishda Markaziy saylov komissiyasi va Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi samarali hamkorlik qildi. Saylov uchastkalarida ijtimoiy masofa saqlash, saylovchilarni sanitariya-gigiyena vositalari bilan taʼminlashga erishildi.

    Monitoring dasturi doirasida delegatsiyamiz MSKda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida hamda siyosiy partiyalar vakillari bilan oʻtkazgan uchrashuvda bizga saylovga tayyorgarlik va jarayonga oid keng maʼlumot berildi. Delegatsiyamiz Toshkent va Samarqandda boʻlib ertalab saylov uchastkalarining ochilishidan boshlab ovoz sanashgacha boʻlgan jarayonlarda qatnashdi. Ovoz berish jarayonida saylovchilar, saylov uchastkasi xodimlari va mahalliy kuzatuvchilar bilan suhbatlashish imkoniga ega boʻldik.

    Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan saylovda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanilganini alohida qayd etish joiz. Saylovchilarni elektron roʻyxatga olish jarayoni takomillashgan.

    Shulardan kelib chiqib missiyamiz saylov puxta tayyorgarlik asosida demokratik tamoyillar va yuqori raqobat sharoitida oʻtganini qayd etadi. Saylov jarayonida Oʻzbekiston qonunchiligi va xalqaro saylov standartlariga toʻla amal qilindi, ochiqlik oshkoralik taʼminlandi. Shu oʻrinda, bizga faoliyatimizni samarali amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlar uchun alohida minnatdorlik bildiramiz.

    Saylov natijalari yurtingiz va xalqingiz uchun xayrli boʻlsin!