Saylovchilar va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilari oʻrtasida tana harorati 37 daraja va undan yuqori boʻlganlar aniqlangan taqdirda, ular ovoz berish xonasiga kiritilmasdan ovoz berishlari uchun alohida ajratilgan joylarda koʻchma saylov qutilari va kabinalar tashkil etildi.
Qolavesa, tana harorati 37 daraja va undan yuqori boʻlganlar hamda kasallik alomatlari aniqlanganlar uchun alohida izolyator xonalari hamda saylov binolarida tibbiy xonalar tashkil etildi. Ular zarur dori-darmonlar hamda tibbiy vositalar bilan bilan ham toʻliq taʼminlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkaziladigan saylov uchastkalarida karantin talablariga rioya etilishini taʼminlash uchun jami 21 mingdan ortiq tibbiy xodim biriktirildi.
Hozirgi kunda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tizimli va markazlashgan holda har bir saylov uchastkasida zararsizlantirish (dezinfeksiya) ishlari oʻtazilmoqda.