Saylovlar: Yаngi O'zbekistonning yangi imkoniyatlari

    O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Saylov tizimi” deb nomlanuvchi bobida haqiqiy siyosiy plyuralizmni kafolatlovchi bir qancha siyosiy tamoyillar e'lon qilindi. Bunday noma ko'p davlatlar konstitutsiyalarida mavjud emas.

    Ushbu konstitutsiyaviy norma Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi halqaro pakt, erkin va adolatli saylovlarning mezonlari to'g'risidagi dekloratsiya va EXHKning insoniylik mezonlari bo'yicha konferentsiya Kopengagen Kengashining hujjati kabi halqaro hujjatlariga asoslangan holda qabul qilingan.

    O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 8-moddasi “Saylovga tayyorgarlik ko'rish hamda uni o'tkazishdagi ochiqlik va oshkoralik” deb nomlangan bo'lib bo'lajak saylovlarda oshkoralik tamoyilini ro'yobga chiqarish uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi.

    Yаngi O'zbekistonning bugungi kunda yaqinlashib kelayotgan muhim siyosiy jarayon saylovni ochiqlik va oshkoralik bilan o'tkazish, ushbu jarayonga hech birimiz befarq bo'lmasligimizni, aksincha vatanimiz kelajagi uchun faol bo'lishimiz lozimligini, o'z siyosiy huquqlarimizni amalga oshirishimiz kerakligini chuqur anglashimiz juda muhimdir.

    Darhaqiqat, saylovlar demokratik qadriyatdir. SHu bois, har bir demokratik davlat xalq hokimiyatini ushbu qadriyatga asoslanib o'rnatadi. Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo'lgan huquqiy normalarning nechog'liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o'z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo'lib, o'ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir.

    O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, hududlarda tashkil etilgan barcha darajadagi saylov komissiyalari tomonidan o'z faoliyatlarida mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik printsiplariga qat'iy amal qilgan holda saylovni milliy qonunlarimiz, boy tajribamiz va umume'tirof etilgan xalqaro standartlar talablariga mos ravishda yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazishga katta tayyorgarlik ko'rilmoqda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari o'z vakolatlari doirasida barcha darajadagi saylov komissiyalari ishiga yaqindan ko'mak bermoqdalar.

    Saylovlarning yangicha o'tishi, birinchidan, fuqarolarning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyati yuksalib borayotganligi, ikkinchidan, siyosiy partiyalarning saylovoldi platformalari rang-baranglik kasb etib, jamiyat va davlat hayotidagi muhim muammolarni echishga qaratilayotgani, uchinchidan, ommaviy axborot vositalarining tom ma'nodagi “to'rtinchi hokimiyat” sifatidagi o'z o'rnini egallayotgani, eng muhimi, mamlakatimizda barcha sohalar rivojida ochiqlik, oshqoralik tamoyillariga katta etibor qaratilayotgani bilan bevosita bog'liqdir.

    Joriy yildagi saylovlar mamlakatimizni rivojlantirishning beshta muhim ustivor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida o'z ifodasini topgan ilg'or demokratik g'oyalarning amaldagi yana bir yorqin ifodasi bo'ladi. Ayni paytda, ushbu saylovlar O'zbekistonda barcha sohalarda, jumladan, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishlarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli, jadal islohotlarning uzviy qismidir.

    Davlatimiz yuritayotgan bunday izchil va dadil siyosat o'zining yuksak samaralarini bermoqda. Dunyo hamjamiyati O'zbekistonning tobora yuksalib borayotgan nufuzini keng e'tirof etmoqda va yurtimiz bilan har tomonlama hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda. Jamiyatimiz hayotidan ko'ppartiyaviylik, siyosiy plyuralizm, fikrlar rang-barangligi, ochiqlik va oshkoralik, bag'rikenglik tamoyillari tobora mustahkam va keng o'rin olmoqda.

    Mamlakatimiz saylov qonunchiligi milliy huquqiy tizimdagi eng dinamik va izchil rivojlanayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida xalqaro saylov standartlari saylov sohasidagi o'zgarishlarning mustahkam asosi va mezonlaridan biriga aylangan.

    Yаngi saylov kodeksi ungacha amalda bo'lgan saylov jarayonini huquqiy jihatdan tartibga solgan qonunlardan keskin farq qiladi. Avvalo, ushbu kodeks - demokratik, ochiq, oshkora va erkin saylovlar o'tkazish bo'yicha xalqaro huquq normalari va standartlarini, rivojlangan davlatlarning ijobiy tajribasini hamda qadimiy davlatchilik tarixiga, o'zining uchmas va so'nmas insonparvar, adolatli qadriyatlariga ega xalqimizning ijtimoiy adolat, bag'rikenglik, so'z va amal birligi kabi noyob g'oya va qadriyatlarini o'zida mujassam etgan. Sodda va ravon tilda yozilgan.

    Shu o'rinda, O'zbekiston Respublikasi saylov kodeksidagi barchamizga tegishli yana bir muhim o'zgarishga yangilik. Bu - saylov kuni ovoz berish vaqti bilan bog'liq. Ilgari saylovlarda ovoz berish soat 06:00 dan soat 20:00 gacha o'tkazilgan bo'lsa, endilikda ovoz berish soat 08.00 da boshlanadi va 20.00 da nihoyasiga etadi. Saylovlar asosan yilning oxirida, qish faslida o'tishi e'tiborga olinsa, bu g'oyat to'g'ri echim bo'lganini ta'kidlash darkor. Bu o'zgarishlar har doim saylovlar yilning oxirida o'tkazilganligi uchun bir qancha noqulayliklar tug'dirar edi. Shuningdek, halqaro tashkilotlar va jahon saylov tizimlarini o'rganish, shu bilan birga fuqarolarimizga qulay bo'lishi uchun juda muhim o'zgarish bo'ldi.

    Saylov kodeksiga kiritilgan yana bir muhim demokratik o'zgarish bu qamoqda saqlanayotgan shaxslarning saylovlardagi ishtiroki - ana shunday muhim yangiliklardandir.

    Ayni paytda, ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan va uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar ham ishtirok etishi.

    Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mazkur normani hayotga tadbiq etish uchun huquqshunos olimlar, amaliyotchilar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda “Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizom” ishlab chiqildi va qabul qilindi.

    Nizomda O'zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o'tkazishda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkasini tuzish, uchastka saylov komissiyalarini shakllantirish va ovoz berishni tashkil etish tartibi belgilandi.

    Qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan hamda qamoqqa olingan shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan va uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro'yxatiga kiritiladi.

    Kodeksda nazarda tutilgan muhim yangiliklarni sanayversangiz o'ttizdan oshadi. Ularning orasida saylov huquqlari bo'yicha ekspertlar, jumladan, xalqaro tashkilotlarning ko'pni ko'rgan ekspertlari ham “innovatsion o'zgarish” deb e'tirof etayotganlaridan biri - Saylovchilarning yagona elektron ro'yxatidir. endilikda mamlakatimizdagi barcha Saylovchilarning yagona elektron ro'yxati shakllantirildi va saylovchilar O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida o'zi uchun zarur ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

    Xulosa qilib aytganda, bo'lajak saylovlar mamlakatimiz milliy taraqqiyotining xozirgi bosqichida xalqimiz o'zi tanlagan yuksalish yo'lidan ildam borayotganligini, birdamligini, islohotlarning orqaga qaytmas tus olganligini, aholining siyosiy-huquqiy madaniyati yanada yuksalib, ijtimoiy faolligi ortganligini, ertangi kunga bo'lgan ishonchi yanada mustahkamlanib borayotganligini dunyo hamjamiyatiga yana bir bora nomoyon etadi.

    Nodir Muxiddinov,

    TDYUU Ixtisoslashtirilgan filiali Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi