Tadbirda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, mahalla faollari, nuroniylar otaxonlar ishtirok etdi. 

Masjidning yer maydoni va ayni paytda qurilish davom etayotgan hudud 25 sotixdan iborat. Zamonaviy masjidga hamohang tarzda imom-xatib, noib, mutavalli xonalari hamda qorovulxona ham bunyod etilmoqda.

Barcha shart-sharoitga ega jomega mos tarzda tahoratxona ham qad rostlayapti.

Namozxonlar uchun qulaylik yaratish maqsadida avtoturargoh ham qurilyapti.