Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi axborot xizmati ma'lum qildi
Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi bilan hamkorlikda poytaxtimizdagi turistlar orasida mashxur bo'lgan madaniy meros ob'ektlariga olib boruvchi yo'llar bo'yida ikki tildagi (o'zbek va ingliz tillarida) yo'l ko'rsatgichlari o'rnatishmoqda.
Bu nafaqat turistlar, balki o'zbekistonliklar uchun ham mo'ljallagan manzilga tez va oson etib olishiga yordam beradi.