Sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun “Oʻzbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi

    Hukumat 1 Mart 2024 624

    Prezident Xorazmni asosiy drayveridan biri boʻlgan turizmni rivojlantirish boʻyicha 3-yillik dastur qabul qilinishini aytdi.

    Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining tushumi 3-yil davomida Xorazmni oʻzida qoldiriladi.

    Sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun “Oʻzbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi.

    Shu bilan birga, qator tumanlarda mehmonxonalar yetishmasligi qayd etildi.

    Endilikda mehmonxona va dam olish maskanlarini qurish, mavjud oʻrinlarni koʻpaytirish uchun 7-yilga 2-yil imtiyozli davr bilan 18 foiz stavkada kreditlar beriladi.